TOSHKENT SHAHAR SERGELI TUMANI BAHROM INOYATOB NOMLI 21-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Toshkent shahar, Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasi, So‘g‘diyona, 20-uy

Tel.:+998 71 258-48-87, +998 71 258-56-03

Fuqarolar bilan bevosita muloqot!

Joriy yilning 24-sentyabr kuni Chilonzor tumanidagi 6-son bolalar musiqa va san’at maktabi binosida Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Baxromov ishtirokida navbatdagi “Sayyor qabul” o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar va tasarrufdagi tashkilot xodimlarining murojaat, taklif va tashabbuslari tinglandi. Bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i 6-son bolalar musiqa va san’at maktabidagi ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Maktabda o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim sifati hamda o‘quv jarayonining tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, 2026/2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham o‘rganilib, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan maktab rahbariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosini ta’minlash vazifalari belgilandi.

“Sayyor qabul” — xalq bilan ochiq muloqot, muammolarni tinglash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan muhim jarayon.