TOSHKENT SHAHAR SERGELI TUMANI BAHROM INOYATOB NOMLI 21-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Toshkent shahar, Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasi, So‘g‘diyona, 20-uy

Tel.:+998 71 258-48-87, +998 71 258-56-03

Bosh sahifaga qaytish
Direktor

Nabiyeva

Xakima Mavlyanovna


21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori

Telefon:+998 71 258-56-03

Qabul kunlari: Dushanba - 1000 - 1200

Chorshanba - 1000 - 1200

Faoliyati

1983-1999 yy. -P. I. Chaykovskiy nomidagi bolalar musiqa maktabi, o‘qituvchi
1999 y. - 2011 y. - Sergeli tumani 21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktorining o‘rinbosari
2011 y. - h.v. - Sergeli tumani 21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori

Vazifasi

- Muassasa faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, o‘quv-tarbiya jarayonlari va ta’lim tizimini rivojlantirish hamda uni takomillashtirish;

- Ta’lim sifatini yaxshilashning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, davlat va jamoat tashkilotlarida uning manfaatlarini himoya qilish;

- Muassisga moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quv jarayonini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;

- Yillik o‘quv-tarbiya rejasini tasdiqlash va pedagogik jamoa tomonidan ushbu rejaning amalga oshirilishini nazorat qilish;

- Musiqa va san’at sohasidagi yangi pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etishga, uning moliya-xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish;

- Pedagog xodimlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshirish, pedagog xodimlar attestatsiyasini tashkil qilish;

- Ta’lim olayotgan o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish;

- O‘quvchilarni muassasaga qabul qilish, keyingi sinfga o‘tkazish va ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar berishni tashkil qilish;

- Ota-onalar bilan o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni tashkil qilish;

- Xodimlarga mehnat qilish va malakasini oshirish uchun sharoitlar yaratish, xodimlarning vazifalari va lavozim majburiyatlarini belgilash, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish hamda o‘z vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qo‘llash;

- Korxona, muassasa va tashkilotlar bilan xo‘jalik shartnomalari tuzish, ishonchnomalar berish, turli yo‘nalishlardagi davlat va nodavlat jamg‘armalar bilan o‘zaro hamkorlikda ish yuritish;

Direktor

Xudaynazarova

Asta Adolfo


21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktorining o‘quv ishlari va ma’naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Telefon:+998 71 258-56-03

Qabul kunlari: Seshanba - 1400 - 1600

Payshanba - 1000 - 1200

Faoliyati

1989-2008 yy.- Qarshi davlat san’at bilim yurti fortepiano o‘qituvchisi
2008-2013 yy. - Yunusobod tumani 26-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi musiqa
nazariyasi o‘qituvchisi
2013-2015 yy. - Sergeli tumani 21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi musiqa
nazariyasi o‘qituvchisi
2015 y. - h.v. - Sergeli tumani 21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktorining
o‘rinbosari

Vazifasi

-O‘quv-tarbiyaviy ishlar va ish hujjatlarining ijrosi ta’minlanishini nazorat qilish;

- O‘quv-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish;

- O‘qitish uslubini tahlil qilish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlarini kuzatish;

- Pedagog xodimlarning ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishini nazorat qilish;

- O‘quv-tarbiyaviy, uslubiy ish rejalari, dars jadvali, ochiq darslar va mahorat darslari rejasi, sinov imtihonlari, pedagoglar haqida ma’lumotlar, o‘quv mashg‘ulotlari tarifikatsiyasini tuzish va tasdiqlash uchun muassasa direktoriga taqdim etish;

- Direktor bo‘lmagan vaqtda (mehnat ta’tili, kasalligi, xizmat safari va boshqa holatlarda ) uning vazifasini bajarib turish;

- Pedagog xodimlar tomonidan dars mashg‘ulotlari o‘tkazilishini, o‘quv-uslubiy, tarbiyaviy hamda sinfdan tashqari ishlarning bajarilishini nazorat qilish;

- O‘quv-tarbiyaviy ishlarningyillik va oylik rejalarini ishlab chiqish;

- Pedagog kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etish;

- Pedagog xodimlarga metodik yordam ko‘rsatash, pedagog xodimlarning pedagogik faoliyatini tahlil qilish;

- Pedagog xodimlarning musiqa va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha taqvimiy

- Ish rejalarini tasdiqlash, shuningdek yakka tartibdagi va guruh mashg‘ulotlari jadvalini tuzish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;

- Pedagog xodimlarning ish vaqti hisobini olib borish, darslar, imtihonlar jadvali va boshqa o‘quv-tarbiyaviy tadbirlar rejasini ishlab chiqish;

- O‘quvchilarning o‘zlashtirishi va xulqining monitoringini amalga oshirish;

- Yakka tartibdagi va guruh jurnallarining belgilangan tartibda yuritilishini ta’minlash;

- O‘quv-yili davomida pedagog xodimlarning o‘quv yuklamalaridagi o‘zgarishlarni muvofiqlashtirib borish;

- Sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.

Direktor

Kusherbayeva

Dina Spabekovna


21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktorining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

Telefon:+998 71 258-56-03

Qabul kunlari: Chorshanba - 1000 - 1200

Shanba - 1000 - 1200

Faoliyati

1982-1995 yy.-Mirobod tumani Tashtekstilshvey torg, trikotaj o‘qituvchisi
1998-2001 yy.-Mirobod tumani 48-sonli oilaviy poliklinikasida sanitarka
2004-2007 yy.-Yakkasaroy tumani O‘zbek-turk qo‘shma korxonasida to‘quvchi
2012-2012 yy.- Sergeli tumani 21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi farroshi
2012 - h.v. - Sergeli tumani 21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida xo‘jalik ishlari
bo‘yicha maktab direktori o‘rinbosari

Vazifasi

-Xo‘jalik faoliyatini boshqarish, muassasada o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun xonalar tayyor holda saqlanishini ta’minlash;

-Mablag‘lardan maqsadli foydalanish tadbirlarini o‘z vakolati doirasida ishlab chiqish hamda ulardan to‘g‘ri foydalanilishini ta’minlash;

-Moliyaviy faoliyat natijalarini tahlil qilish, shartnoma majburiyatlarining belgilangan muddatida to‘liq bajarilishini ta’minlash, moliyalashtirishning qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan turli manbalari hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirish va ulardan samarali foydalanilishini nazorat qilish;

-Tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalar tushumini to‘liq hisobga olish;

- 21-sonli BMSMga qo‘shimcha moliyaviy manbalar va moddiy mablag‘larni jalb etish hamda xodimlar va o‘quvchilar uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

-O‘quv jihozlari, asbob-uskunalari va boshqa ta’lim vositalarining saqlanishini va ulardan samarali foydalanilishini nazorat qilish;

-Moddiy-texnik bazani rivojlantirish ishlarini tashkillashtirish, bino va qo‘shimcha ob’yektlarning texnik holati va jihozlanganligini muntazam ravishda o‘rganib borish;

-Yetkazib berilayotgan jihozlarni belgilangan tartibda qabul qilish, jihozlarning sinf xonalari va boshqa xonalar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishini amalga oshirish;

-Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida tegishli ravishda ko‘mir, suyuq yoqilg‘i, tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash va ma’lumotlarni muassasa direktoriga taqdim etish hamda qabul qilingan yoqilg‘ilarning sifati va saqlanishini ta’minlash;

- 21-sonli BMSMga biriktirilgan hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalash ishlariga rahbarlik qilish, o‘ziga bo‘ysunuvchi tegishli bo‘lim hamda texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ishlarini nazorat qilish;

-sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya etish.

Direktor

Turdibekova

Jamal Mirzakulovna


21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi hisobchisi

Telefon:+998 71 258-56-03

Qabul kunlari: Seshanba - 1400 - 1700

Payshanba - 1000 - 1200

Faoliyati

1983-1984 yy.-Tashximfarmzavod, ishchi
1984-1988 yy.- Respublika sanoat parrandachiligi, laborant
1988-1999 yy.- Sergeli tumani “Sergeliyes” xususiy yashovchilar shirkati, hisobchi
2000-2001 yy.- Sergeli tumani “Fidoyi ishlar” xususiy yashovchilar shirkati, hisobchi
2001-2003- Sergeli tumani nasos stansiyasi boshqarmasi, hisobchi
2003-2005- Sergeli tumani 566-son bolalar bog‘chasi, hisobchi
2005-2006- Sergeli tumani “Famous tel” xususiy firmasi, bosh hisobchi
2006-2017- Sergeli tumani 600-son bolalar bog‘chasi, hisobchi
2018 y. - h.v. - Sergeli tumani 21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi hisobchisi

Vazifasi

- mаktаbning mоddiy bаzаsi hоlаtini аniqlаsh, mоliyaviy vа mоddiy mаblаg‘lаrning, ichki хo‘jаlik rezervlаrining mаqsаdli vа sаmаrаli ishlаtilishini, yo‘qоtishlаrni bаrtаrаf etish vа sаmаrаsiz хаrаjаtlаrni аniqlаsh mаqsаdidа buхgаlteriya hisоbi vа hisоbоtlаrigа аsоslаnib, хo‘jаlik vа mоliyaviy fаоliyatning iqtisоdiy tаhlilini оlib bоrаdi;

- mаktаbning mоliyaviy strаtegiyasini to‘g‘rilаsh bo‘yichа tаkliflаrni kiritish uchun mоliyaviy siyosаtdаgi vаziyatni o‘zgаrishlаr tendensiyasini оldindаn аytib berаdi; tаkоmillаshtirish bo‘yichа rejаlаshtirilgаn ishlаr vа mаktаbning mоddiy-teхnik bаzаsini rivоjlаntirish bo‘yichа rejаlаshtirilgаn ishlаrning nаtijаlаrini оldindаn prоgnоzlаshtirаdi;

- аsоsiy vа pul mаblаg‘lаri, mоddiy bоyliklаr hаrаkаti bilаn bоg‘liq, dаrоmаdlаr vа хаrаjаtlаr smetаlаrini аmаlgа оshirish bilаn bоg‘liq buхgаlteriya hisоbini yuritish bo‘yichа ishlаrni hisоb-kitоb оperatsiyalаrini hisоb rаqаmlаri bilаn аks ettirаdi;

- byudjetdаn аjrаtilgаn mаblаg‘lаr, byudjetdаn tаshqаri mаblаg‘lаr bo‘yichа dаrоmаd vа хаrаjаtlаr uchun mаktаb хаrаjаtlаr smetаsini ishlаb chiqаdi;

- pullik hizmаtlаr ko‘rsаtish bo‘yichа iqtisоdiy jihаtdаn оqilоnа hisоb-kitоblаrni tаqdim etаdi; o‘qituvchi vа kоnsertmeysterlаrning o‘quv sоаtlаrini bаjаrilishi bo‘yichа hаmdа mа’muriy, teхnik vа hizmаt ko‘rsаtish хоdimlаrining bаjаrilgаn ish vаqti bo‘yichа tuzilgаn tаbelgа muvоfiq BMSM хоdimlаrigа оylik mаоshlаrini hisоblаydi;

- mоliyaviy хujjаtlаrning to‘g‘ri rаsmiylаshtirilishini, dаvlаt byudjetigа to‘lоvlаrni hisоblаsh vа o‘tkаzishni, dаvlаt ijtimоiy sug‘аrtаsi uchun bаdаllаrni, mаktаb хоdimlаrining оylik mаоshlаri mаblаg‘lаrini, sоliq vа bоshqа to‘lоvlаrni hаmdа хоdimlаrning mоddiy rаg‘bаtlаntirish fоndigа аjrаtmаlаrining o‘z vаqtidа o‘tkаzilishini tа’minlаydi;

- mаblаg‘lаrning dаrоmаd vа хаrаjаtlаri to‘g‘risidаgi hisоbоtlаrning bаlаns vа tezkоr umummlаshtirilgаn hisоbоtlаrning tuzilishini tа’minlаydi;

- mоddiy jаvоbgаr shахslаr bilаn birgаlikdа mаktаbning nаqd pul vа mоddiy mаblаg‘lаrining inventаrizatsiyasini o‘tkаzishdа ishtirоk etаdi; eskirib qоlgаn mоddiy bоyliklаrning ro‘yхаtdаn o‘chirilishini o‘tkаzаdi;

- g‘аznаchilik, tumаn vа shаhаr mоliya bo‘limlаri, bаnklаr bilаn o‘zаrо munоsаbаtlаrni o‘rnаtаdi;

- buхgаlteriya mа’lumоtlаri bаzаsini sаqlаsh vа оlib bоrish, me’yoriy mа’lumоtlаrgа o‘zgаrtirishlаr kiritishni shаkllаntirish bo‘yichа ishlаrni bаjаrаdi.