TOSHKENT SHAHAR SERGELI TUMANI BAHROM INOYATOB NOMLI 21-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Toshkent shahar, Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasi, So‘g‘diyona, 20-uy

Tel.:+998 71 258-48-87, +998 71 258-56-03

Bosh sahifaga qaytish

O‘quvchilar xavfsizligi

Yong‘in sodir bo‘lganda quyidagilarni bajar:

Yonayotgan elektr asboblarini suv bilan o‘chirma.

Oynalarni ochma.

Yong‘in paytida berkinib olish mumkin emas.

Binoni tark etishga urin.

Yong‘in paytida liftdan foydalanish mumkin emas.

Yong‘in haqida qo‘shinlarga xabar ber va ulardan yong‘in o‘chiruvchilarni chaqirishlarini so‘ra

Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qil:

Nosoz elektrasboblardan foydalanma. Ularni qarovsiz qoldirma.

Sim va elektrasboblarni ho‘l qo‘llaring bilan ushlama.

Olov bilan o‘ynama.

Kattalarsiz yonuvchi suyuqliklardan (atseton, benzin, kerosin) foydalanma.

Uydan chiqayotganda chiroqni, elektrasboblarni o‘chir.

Plitani qarovsiz qoldirma. Zarurat bo‘lmaganda uni yoqma.

Archa oldida tezda alanga oluvchi vositalardan foydalanma

Yong‘in sodir bo‘lgan holda:

- Zudlik bilan yong‘in xavfsizligi xizmatiga xabar ber;

- Odamlarni va hayvonlarni xavfsiz joyga olib chiq;

- Оlovni suv, qum, o‘t o‘chirgich va shu kabilar bilan o‘chir;

- Yong‘in sodir bo‘lgan xonaning eshigini zarurat bo‘lmasa ochma, chunki ochiq eshik yong‘inni yanada kuchaytiradi.

- Elvizak bo‘lmasligi uchun boshqa xonalardagi oynalarni, eshiklarni yop;

- Yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilarning barcha buyruqlarini bajar, ularga qo‘lingizdan kelgunicha yordam ber.

Ma’muriyatning ruxsatisiz bolalar yong‘inni o‘chirishda va mol-mulkni qutqarishda ishtirok etmaydi.

O‘T O‘CHIRGICH BILAN ISHLASH USULLARI:

Yong‘in o‘chirayotgan modda oqimi uzunligidan oshmaydigan masofada olovga yaqinlash (ochiq joyda shamolga ro‘para tomondan).


Tekis yuzada yong‘in o‘chirayotgan modda oqimini yong‘inning asosiy qismiga yo‘naltir.

Yong‘in chuqurlashgan joyda yong‘in o‘chirayotgan modda oqimini yong‘inning yuqori qismidan yo‘naltir.
Devorda (konstruksiyada) yong‘in o‘chirayotgan modda oqimini pastdan tepaga harakat qilgan holda yong‘inning yuqori qismidan zigzag shaklida yo‘naltir.

Zarur bo‘lganda yong‘inni bir necha o‘t o‘chirgich bilan o‘chir.

Yong‘inni o‘chirgandan so‘ng yong‘in qaytadan sodir bo‘lmasligini nazorat qil.

YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI QOIDALARIGA RIOYA QIL:

Harakatkanayotgan mashinalar oldidan ko‘chani chopib kesib o‘tma.

Yo‘ldan faqat svetoforning yashil chirog‘i yonganida o‘t.

Ko‘chaning mashina yuradigan qismida o‘ynash man etiladi.

Ko‘chani yerosti yo‘li orqali kesib o‘t.

Ko‘chani piyodalar yo‘lchasi orqali kesib o‘t (zebra - piyodalar yuradigan chiziq).

Agar yo‘ldan o‘tishga ulgurmagan bo‘lsang ko‘chaning markaziy chizig‘ida to‘xta va svetoforning yashil chirog‘i yonishini kut.

O‘tishdan oldin avval chapga qara, keyin yo‘lning ajratilgan chizig‘idan o‘ngga qara.

XAVFSIZLIK SABOQLARI:

Iflos qo‘llar bilan ovqat yema.

Suyuqlik va dorilarni tatib ko‘rma.

Elektr tokidan ehtiyot bo‘l.

Qarovsiz jonivorlar bilan o‘ynama.

Notanish kishilarga eshik yoki derazani ochma.

O‘tkir va kesadigan narsalarni o‘ynama.

Ochiq deraza va balkonlardan osilib qarama