Sergeli tumani 21-sonli bolalar musiqa va san’ati maktabi 1967-yilda tashkil topgan. 200 ta o‘quvchiga mo‘ljallangan, I tipga kiradi. Maktab davlat dasturi asosida 2011-yil rekonstruksiya qilingan.
2022-2023 o‘quv yilida 21-sonli BMSMda 64 nafar pedagog kadrlar faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan 9 nafar oliy ma’lumotli o‘qituvchilar, 8 nafar to‘liqsiz oliy ma’lumotli, 9 nafar o‘rta maxsus va 4 nafar o‘rindosh o‘qituvchilar yosh avlodga o‘z bilimlarini o‘rgatib kelmoqda.
Bolalar musiqa va san’at maktabining faoliyati davomida maktab o‘quvchilari nafaqat shahar, tuman, viloyat balki respublika, chet ellardagi turli tanlovlarda, shu jumladan onlayn tarzda o‘tkazib kelinayotgan, ishtirok etib kelishmoqda.
2019-yilda Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan “Zolotoy Feniks” xalqaro tanlovida xalq cholg‘ulari bo‘limi dutor sinfi o‘quvchilari Erkinova Xolisaxon Xabibulla qizi, doira sinfi o‘quvchilari Ismatullaev Asliddin Toxir o‘g‘li, Raxmonov Boburjon Baxodir o‘g‘li va Dyugay Aleksandr Yevgenevich 1-o‘rinni, dutor sinfi o‘quvchisi To‘xtasinova Gulzoda Baxtiyor qizi 2-o‘rinni egallashdi.
2019-yilda Ispaniyada onlayn tarzda bo‘lib o‘tgan “Music box” xalqaro tanlovida doira sinfi o‘quvchisi Raxmonov Boburjon Baxodir o‘g‘li, dutor sinfi o‘quvchisi Abdullaeva Fotimaxon Saidkarim qizi ishtirok etib 1-o‘rinni egallashdi. F. S. Abdullaevaning Info @ fiestalonia .com saytida orqali ijodiy chiqishlari namoyish etilgan.
Doira sinfi o‘qituvchisi Raxmatov Nozimjon 2016-2021-yillarda ilmiy maqolalari bilan xalqaro va respublika anjumanlari ishtirokchisi, “Doira” o‘quv qo‘llanmasi muallifi hamda O‘zbekiston teleradiokompaniyasining bir qator teleko‘rsatuvlar ishtirokchisi bo‘lgan. 2020-yilda Madaniyat gazetasi 36-sonida “Musiqa san’ati qalbimni rom etgan” hamda “Ustoz saboqlari ” nomli maqolalari chop etilgan. 2018-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. Raxmatov Nozimjonning o‘quvchilari Ismatullaev Asliddin Toxir o‘g‘li, Raxmonov Boburjon Baxodir o‘g‘li “Yoshlik” jurnali hamda “Madaniyat” gazetasi va mahalliy gazetalarida ular haqida maqolalar chop qilingan. 2019 yil O‘zbekiston teleradiokompaniyasining Toshkent kanalida ijodiy chiqishlari namoyish etilgan.
Tasviriy san’at bo‘limi o‘qituvchisi Uralov Abduraxim Faxriddinovich 2021-yil Ispaniya davlatida onlayn tarzda bo‘lib o‘tgan “Dali’s Mustache” xalqaro tanlovida ishtirok etib 3-o‘rin sohibi bo‘lgan. 2021-yil Rossiya Federatsiyasi Yekaterinburg shahrida onlayn tarzda bo‘lib o‘tgan “Kraski leta” xalqaro tanlovi g‘olibi. A. Uralov O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan “Tashakkurnoma” bilan taqdirlangan. O‘zbekiston badiiy akademiyasining telegram kanalida bir necha bor u xaqida maqolalar chop etilgan. 2021-yil Angren shahrida “Moviy tog‘lar bag‘ridagi shahar” nomli shaxsiy ko‘rgazmasini tashkil etgan.
Tasviriy san’at bo‘limi o‘quvchisi Kim Irina 2021-yil Rossiya Federatsiyasi Yekaterinburg shahrida onlayn bo‘lib o‘tgan “Kraski leta” xalqaro tanlovida ishtirok etib 1-o‘rin soxibasi bo‘lgan.
Ish yurituvchi-kotiba
Xakimova
Maftuna Utkirjonovna
Kutubxonachi
Sharipova
Aziza Botir qizi
Liboschi
Ilyasbayeva
Gulchehra Mannapovna
Omborchi
Yusupova
Zulfiya Spabekovna