TOSHKENT SHAHAR SERGELI TUMANI BAHROM INOYATOB NOMLI 21-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Toshkent shahar, Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasi, So‘g‘diyona, 20-uy

Tel.:+998 71 258-48-87, +998 71 258-56-03

Tasviriy va amaliy san’at haftaligi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida bolalar musiqa va san’at maktablarida 2024-yilning 6-11 may kunlari “Tasviriy va amaliy san’at haftaligi” bo‘lib o‘tdi.

Ushbu haftalik doirasida 7-may kuni tasviriy va amaliy san’at bo’limi o‘quvchilari uchun plener uyushtirildi. Maktab foyesida ushbu plenerda o‘quvchilar tomonidan yaratilgan eng sara asarlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

10-may kuni “Qadimiy va zamonaviy milliy zargarlik buyumlari” mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Darsni o‘qituvchi O. T. Niezxo‘jaeva olib bordi.