Joriy yilning 28-may kuni BMSM teatr bo‘limi bitiruvchilari tomonidan “G‘oz-oqqushlar” xalq ertagi asosida tayyorlangan spektakl premyerasi bo‘lib o‘tdi.
30-may kuni T 1-2 sinf o‘quvchilari tomonidan Gans Kristian Andersen ertagi asosida tayyorlangan “Irqit o‘rdak” spektakl premyerasi bo‘lib o‘tdi. Yosh aktyorlar o‘zlariga berilgan rollarni ishtiyoq bilan ijro etishdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lishdi. Tomoshabin sifatida o‘quvchilarning ota-onalari ham ishtirok etishdi.















