Joriy yilning 1-iyun kuni Sergeli tumani markaziy istirohat bog‘ida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlandi.
Karnay surnay sadolari-yu, doiraning sho‘x ohanglari jajji qalb sohiblarini tantanalar sayliga chorladi. Turli chiqishlar, tomoshalar kontsert dasturlari katta-yu kichikga bir olam zavq-u shavq ulashdi. Bugungi kun zamonamiz qahramonlari bo‘lgan jajji bolajonlar tomonidan ijod mahsuli bo‘lgan milliy qo‘g‘irchoqlar va sahna bezaklari insonni dilini hushnud qiladi. Tadbirda maktabimiz jajji raqqosalarining chiqishlari ham tomoshabinlar ko‘nglidan chuqur iz qoldirdi.




