Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Sergeli tumani 21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida yangi 2024-2025 o‘quv yili uchun iqtidorli o‘quvchilar qabuli davom etmoqda. Maktab ma’muriyatining tegishli buyrug‘I bilan qabul ishchi gurugi a’zolari tasdiqlangan. Ishchi gurugi a’zolari o‘quvchilarning iste’dodini ko‘rikdan o‘tkazib o‘z xulosalarini bermoqda. Qabul musiqa va san’atning 13 ta yo‘nalishi bo‘yicha olib borilyapti.








