Joriy yilning 28-avgust kuni Olmazor tumani 25-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Toshkent shahar bolalar musiqa va san’at maktablarining an’anaviy avsust konserensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining ta’llim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i O. Salixov, Toshkent shahar madaniyat boshqarmasining ta’llim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi M. Baxtiyorov, shahar BMSM direktorlari va xodimlari ishtirok etishdi.Bolalar musiqa va san’at maktablarining 2023-2024-o‘quv yilida namuna ko‘rsatgan xodimlari boshqarma tomonidan taqdirlandi. Shuningdek, konferensiya bilan bir qatorda barhca metodik birlashmalarning yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Konserensiyada iqtidorli o‘quvchilar tomonidan konsert dasturi taqdim etildi.







