TOSHKENT SHAHAR SERGELI TUMANI BAHROM INOYATOB NOMLI 21-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Toshkent shahar, Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasi, So‘g‘diyona, 20-uy

Tel.:+998 71 258-48-87, +998 71 258-56-03

Boshqarma boshlig‘I Sh. S. Sharipov rahbarligida majlis bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 23-sentyabr kuni Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Sharipov Sherzod Soxibovich boshchiligida 3-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi katta zalida tasarrufdagi tuman madaniyat bo‘limlari va bolalar musiqa va san’at maktablari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining sohaga oid qarorlari va buyruqlari ijrosi, hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 275-sonli qarori, “Yashil energiya” quyosh panellarini o‘rnatish, ijro intizomi, raqamlashtirish, “Yashil makon” umum-milliy loyihasi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari va chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi, tahlil qilindi va tegishli choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.