2011-yil 19-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi 11-oktabrni Xalqaro qizlar kuni deb e’lon qildi. Bu kunda dunyo hamjamiyati e’tibori qizlar duch keladigan muammolarni hal qilish, ularning imkoniyatlarini kengaytirish va huquqlarini mustahkamlash kabi masalalarga qaratiladi.
Sergeli tumani bolalar kutubxonasida Xalqaro qizlar kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda maktabimizning dutorchi qizlar ansambli faol ishtirok etib tadbir tashkilotchilarining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.





