Joriy yilning 7-dekabr kuni Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Sergeli tumani 21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida 8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda maktabimiz o‘quvchi va o‘qituvchilari tomonidan she’r, kuy-qo‘shiq, raqslar ijro etildi. Tasviriy va amaliy san’at o‘quvchilari ko‘rgazma tashkil etib, o‘z ijodiy mahoratlarini namoyish etishdi.












