Joriy yilning 20-22-dekabr kunlari “Iste’dodli yulduzlar” Respublika ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bunda Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi 21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari ikkita Gran-pri sovrini, bitta 2-o‘rin va uchta 3-o‘rin soxibi bo‘ldilar.
Maktab ma’muriyati iqtidorli o‘quvchilarni, ularning pedagoglarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va yutuqlar bardavom bo‘lib qolishini tilab qoladi.


