Joriy yilning 26-dekabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumani 21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Musiqada tabiat obrazlari” mavzusida tematik konsert bo‘lib o‘tdi. Fortepiano bo‘limi o‘quvchilari tomonidan tashkillashtirilgan ushbu konsertda tabiat mavzusida ijod qilgan kompozitorlarning sara asarlari ijro etildi. Konsert yakunida barcha ishtirokchilar maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.







