Maktabimiz o‘quvchilari yanvar oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan bir qator nufuzli tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
18-20 yanvar kunlari o‘tkazilgan “Yangi yil yulduzlari” deb nomlangan respublika ko‘p janrli musiqiy va ijodiy tanlovida skripka sinfi o‘quvchisi Li Kseniya faxrli 1-o‘rinni egalladi. Pedagog Ahmedova Munisa Botirovna.
“Jahon yoshlar san’ati” ko‘p janrli 4-xalqaro tanlovida Martinchik Sofiya va Torgasheva Arina ishtirokidagi fortepiano ansambli 1-o‘rinni egalladi.
“Iqtidorli bolalar” tanlovida “Gnomiklar” ansambli ham faxrli 1-o‘rinni egalladi.







