TOSHKENT SHAHAR SERGELI TUMANI BAHROM INOYATOB NOMLI 21-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Toshkent shahar, Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasi, So‘g‘diyona, 20-uy

Tel.:+998 71 258-48-87, +998 71 258-56-03

Dolzarb 90 kun loyihasi amalda!

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi – yosh avlod tarbiyasi va ta’limining muhim bosqichi sifatida amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu loyiha bolalarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etish, ularning ta’lim-tarbiyadan uzilib qolmasligini ta’minlash, ma’naviy va jismoniy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Sergeli tumani 21-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari yozgi ta’til kunlari bo‘sh vaqtlarini samarali va mazmunli o‘tkazmoqdalar. Maktab pedagoglari belgilangan jadvalga muvofiq mashg‘ulotlarni o‘tmoqda.