Joriy yilning 25-dekabr kuni 21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida turli xil ansambllar ishtirok etgan Yangi yil ansambl musiqa festivali bo‘lib o‘tdi. Konsert yuqori professional darajada o‘tkazildi va tomoshabinlar bolalar ansambllarining iste’dodli chiqishlaridan zavqlanishdi.
Shuningdek, shu kuni “Royalda dunyo bo‘ylab” nomli tematik konsert-ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Unda fortepiano bo‘limi o‘quvchilari va o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Ma’ruzani musiqa nazariyasi bo‘limi o‘qituvchisi O. A. Votinova tayyorladi va o‘qidi. Tinglovchilar dunyoning turli mamlakatlari va xalqlarining musiqiy madaniyati haqida ko‘plab qiziqarli va hayratlanarli faktlarni bilib oldilar.















