TOSHKENT SHAHAR SERGELI TUMANI BAHROM INOYATOB NOMLI 21-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Toshkent shahar, Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasi, So‘g‘diyona, 20-uy

Tel.:+998 71 258-48-87, +998 71 258-56-03

“Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari”

Joriy yilning 11-fevral kuni 21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan “Xotin-qizlarning madaniyat va san’at sohasidagi ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirishning zamonaviy imkoniyatlari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida maktab o‘quvchilari, hamda, O‘zbekiston xalq artisti, professor Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi davlat orkestri solistlari ishtirokida yuqori saviyadagi konsert dasturi namoyish etildi.