TOSHKENT SHAHAR SERGELI TUMANI BAHROM INOYATOB NOMLI 21-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Toshkent shahar, Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasi, So‘g‘diyona, 20-uy

Tel.:+998 71 258-48-87, +998 71 258-56-03

Fortepiano bo‘limi sinf konserti bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 6-fevral kuni fortepiano bo‘limi o'qituvchilari E.A. Pavlova, T.T. Xakimova va G.I. Gusenova sinflari hisobot konsert bo'lib o'tdi. O’qituvchi E.A. Pavlova konsertning badiiy tashkil etilishi va tayyorlanishini nazorat qilib, tadbir uchun iliq va ijodiy muhitni ta’minladi.

Konsert dasturida o‘quvchilar tomonidan o‘zbek va chet el kompozitorlarining sara asarlari ijro etildi. Tadbir davomida yosh ijrochilar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar hamda tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. Konsert o‘quvchilarning ijodiy rivoji va sahna madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.