TOSHKENT SHAHAR SERGELI TUMANI BAHROM INOYATOB NOMLI 21-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Toshkent shahar, Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasi, So‘g‘diyona, 20-uy

Tel.:+998 71 258-48-87, +998 71 258-56-03

“Birgalikda ijod qilish”

2026-yil 6-fevral kuni tasviriy sanʼat va amaliy sanʼat boʻlimi o‘quvchilari Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasida oʻtkazilgan “Birgalikda ijod qilish” ijodiy loyihasida ishtirok etishdi. Barcha ishtirokchilarga faxriy yorliqlar topshirildi.

Tadbir doirasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy sanʼat va dizayn institutining kitob grafikasi kafedrasi dotsenti Mariya Li Safiyaning oʻquv maʼruzasi boʻlib oʻtdi. Uning “Kitob grafikasi va illyustratsiyasi” taqdimoti tinglovchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

Tadbir bolalar va ota-onalar tomonidan yuqori baholandi, bu yosh isteʼdodlarning professional rivojlanishi va ularning ijodiy ufqlarini kengaytirishdagi muhim qadam boʻldi.