2026-yil 31-yanvarda maktabimizning vokal va fortepiano bo‘limlari o’quvchilari “Iqtidorli bolalar. Jahon yoshlar san’ati” xalqaro tanlovida ishtirok etishdi. Tanlov natijalariga ko‘ra bir nechta sovrinlar qo‘lga kiritildi: Liliana Isaeva (fortepiano ) va vokal triosi Gran-priga sazovor bo'ldi; birinchi o‘rin vokalistlar Li Ratmir, Kanifolskaya Viktoriya, Valieva Elika va Sagdeev Ernest ishtirokidagi duet, hamda “Gnomiki” vokal guruhiga; ikkinchi o‘rin Munisa Shuxratovaga (fortepiano) nasib etdi.



