TOSHKENT SHAHAR SERGELI TUMANI BAHROM INOYATOB NOMLI 21-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Toshkent shahar, Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasi, So‘g‘diyona, 20-uy

Tel.:+998 71 258-48-87, +998 71 258-56-03

Maktabimizda Vatan himoyachilari kuni nishonlandi

Joriy yilning 15-yanvar kuni maktabimizda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy konsert dasturi hamda tematik ko‘rgazma tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Vatanga muhabbat, sadoqat va jasoratni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar, she’rlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Chiqishlarda yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini himoya qilayotgan mard va fidoyi harbiylarimizning sharafli mehnati alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan rasmlar, ijodiy ishlar va qo‘l mehnati namunalari ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazmada Vatan, tinchlik va harbiylar jasoratini aks ettiruvchi asarlar namoyish etildi.

Mazkur tadbir o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy g‘urur va yurtga sadoqat ruhini oshirishga xizmat qildi.