Joriy yilning 27-mart kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida 27-mart – xalqaro teatr kuniga bag‘ishlangan shahar bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sahna nutqi fanidan “Badiiy so‘z” tanlovi tashkil etildi.
Ushbu tanlovda maktabimiz o‘quvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Komilova Malika, Zoxidjonova Maftuna, Solomenko Kira, Xolboyeva Arina va Xolboyeva Karinalar tanlov diplomlari bilan taqdirlanishdi.
Pedagog: N. M. Toshmatova.
Maktab ma’amuriyati iqtidorli o‘quvchilarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va yutuqlar bardavom bo‘lib qolishini tilab qoladi.



