Joriy yilning 15-aprel kuni Sergeli tumanidagi 21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri hamda taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
Tadbirda Sergeli tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Akmal Jumaboyev soha xodimlarini kasb bayrami bilan qutlab, ularning mashaqqatli va sharafli mehnatlarida zafarlar tiladi. Shuningdek, tumandagi madaniyat dargohlarida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh xodimlar munosib taqdirlandi.
Bayram dasturi davomida maktab oʻquvchilari va san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz hamkasblar!





