Joriy yilning 16-aprel kuni Sergeli tumani 21-son Bolalar musiqa va Sanat maktabi tasviriy sanat bo‘limiga K.Behzod nomidagi rassomlik va dizayn instituti kitob grafikasi hamda xattotlik va miniatyura kafedrasi o‘qituvchilari Abdullayeva Gulhayo va Abdullayeva Mohira hamda bir guruh talabalar bilan birgalikda “Grafika turlari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.




