TOSHKENT SHAHAR SERGELI TUMANI BAHROM INOYATOB NOMLI 21-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Toshkent shahar, Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasi, So‘g‘diyona, 20-uy

Tel.:+998 71 258-48-87, +998 71 258-56-03

Sergeli tumanida 6-sonli umumta’lim maktabda targ’ibot konserti bo‘lib o‘tdi

2026-yil 24-aprel kuni 21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi tomonidan Sergeli tunani 6-sonli umumta’lim maktabida targ‘ibot konserti tashkil etildi. Mazkur tadbir o‘quvchilarni musiqa va san’atga jalb etish, ularning estetik didini shakllantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga yo‘naltirish maqsadida o‘tkazildi.

Konsert dasturida musiqa maktabining iqtidorli o‘quvchilari tomonidan turli cholg‘u asboblarida kuylar ijro etildi, shuningdek, teatr yo‘nalishi o‘quvchilari sahna ko‘rinishini namoyon etdilar. Har bir chiqish tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, olqishlarga sazovor bo‘ldi.

Tadbir davomida musiqa maktabida mavjud yo‘nalishlar, o‘quv jarayoni va yaratilgan shart-sharoitlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, musiqa maktabida ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdilar.

Mazkur targ‘ibot konserti yosh avlodni san’atga oshno etish, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish va kelgusida musiqa sohasida yetuk kadrlar bo‘lib yetishishiga xizmat qiluvchi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.