Joriy yilning 21-aprel kuni 21-son bolalar musiqa va san’at maktabining tasviriy sanat bo‘limi 4-5-sinf o‘quvchilari Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivaliga tashrif buyurishdi. O‘quvchilar festival doirasida bo‘lib o‘tayotgan professional san’at ustalarining mahorat darslarida ishtirok etishdi, o‘zlarini qiziqtrgan savollarga javoblar olishdi.




