TOSHKENT SHAHAR SERGELI TUMANI BAHROM INOYATOB NOMLI 21-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Toshkent shahar, Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasi, So‘g‘diyona, 20-uy

Tel.:+998 71 258-48-87, +998 71 258-56-03

Hisobot konserti va mahorat darsi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 16-may kuni an’anaviy ijrochilik bo‘limining hisobot konserti va mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga V. A. Uspenskiy nomli Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabidan ustozlar va o‘quvchilar tashrif buyurishdi. Tanbur sinfi bo‘yicha bosh o‘qituvchi Sobirov Nodir Ahmedovich va doira sinfi bo‘yicha yetakchi o‘qituvchi Po‘latov Ixtiyor Bahtiyorovichlar o‘z o‘quvchilari bilan ishtirok etdilar va bir qancha kuy qo‘shiqlarni namoyish etishdi.

O‘quvchilar o‘zaro fikr almashdilar.

Kelajakda ularni yana maktabimizda yangi asarlar bilan kutib qolamiz!