TOSHKENT SHAHAR SERGELI TUMANI BAHROM INOYATOB NOMLI 21-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Toshkent shahar, Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasi, So‘g‘diyona, 20-uy

Tel.:+998 71 258-48-87, +998 71 258-56-03

Yakuniy hisobot konserti bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15-may kuni 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida o‘quv yilining eng muhim va unutilmas tadbirlaridan biri — yakuniy hisobot konserti yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Ushbu konsert davomida maktabning turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilari yil davomida egallagan bilim va mahoratlarini namoyish etdilar.

Tadbirda fortepiano, xalq cholg‘ulari, torli cholg‘ular, estrada xonandaligi, an’anaviy xonandalik, raqs hamda tasviriy san’at yo‘nalishlari o‘quvchilari faol ishtirok etishdi.

Konsert dasturi rang-barang kuy-qo‘shiqlar, jozibador sahna chiqishlari va milliy hamda zamonaviy musiqiy asarlar bilan boyitildi. Har bir chiqish tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinib, o‘quvchilarning san’atga bo‘lgan qiziqishi va mehnati yana bir bor e’tirof etildi. Ayniqsa, jamoaviy chiqishlar, duet va ansambl ijrolari tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Shuningdek, tadbir doirasida tasviriy va amaliy san’at bo‘limi o‘quvchilarining ijodiy ishlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Ko‘rgazmada namoyish etilgan rangtasvir, grafika va qo‘l mehnati namunalari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Yakuniy hisobot konserti nafaqat o‘quvchilarning bir yillik ijodiy faoliyatini sarhisob qilish, balki yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni san’atga yanada mehr uyg‘otish hamda ota-onalar va ustozlarga o‘z minnatdorligini bildirishga xizmat qilgan mazmunli bayram tadbiri bo‘ldi.