Joriy yilning 20-fevral kuni “Skripka musiqasi” kontserti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Musiqa pedagogikasi” kafedrasi pedagoglari T. B. Usmonova va A. A. Tajitdinova, badiiy rahbar, kafedra mudiri, Professor Abdufattoh Abdug‘apparov rahbarligida konsertvatoriyaning bir guruh studentlari tomonidan o‘tkazailgan ushbu konsertda jahon, klassik va o‘zbek kompozitorlarining asarlari ijro etildi.



