Madaniyat vazirligi taʼlim muassasalari tizimida 26-fevral - 2-mart kunlari “Torli cholg‘ulari fan haftaligi” deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan maktabimizda ham qator tadbirlar amalga oshirildi. Shu jumladan, 29-fevral kuni Dmitriy Pak mahorat darsi o‘tkazdi. Torli cholg‘ular bo‘limi o‘qituvchisi M. Axmedova 1-sinf o‘quvchisi Zokirjonova Zarina bilan “I.S. Baxning Menuet-2 (sol major) asari ijrosi ustida ishlash” mavzusida oshiq dars o‘tkazdi. Maktabimiz skripkachi o‘quvchilari 1-mart kuni torli cholg‘u ijrochilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Torli kamon” tanlovida ishtirok etishdi. Milana Migranova, Zarina Rashidova uchbu tanlovning faxrli III o‘rin soxibi bo‘lishdi. 3-mart kuni pedagog S.I.Umerova “Skripka sinfida ish yuritishning zamonaviy usullari va shakllari” mavzusida uslubiy ma’ruza o‘qidi.









