TOSHKENT SHAHAR SERGELI TUMANI BAHROM INOYATOB NOMLI 21-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Toshkent shahar, Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasi, So‘g‘diyona, 20-uy

Tel.:+998 71 258-48-87, +998 71 258-56-03

“Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z”

Ushbu kunlarda yurtimizda keng nishonlanayotgan Navro‘z asrlar qa’ridan bizgacha yetib kelgan umumxalq bayramlardan biridir. Bu bayramda insonlar tabiatning kosmik jarayoniga o‘z munosabatini bildiradi. Atrof-muhit bilan hamohanglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va rahmdil bo‘lish, bag‘rikenglik, do‘stlik va hamjihatlik ushbu qadimiy bayramning ruhi va falsafasini o‘zida mujassam etganini alohida ta’kidlash lozim.

Joriy yilning 20-mart kuni maktabimizda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan konsert tadbiri bo‘lib o‘tdi. Konsertda maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘z chiqishlari bilan tadbir ishtirokchilarini xushnud etdilar.