Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi bolalar musiqa va san’at maktablarining ta’lim sifati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar bajarilishini amalga oshirish maqsadida 2024-yilning 23-mart kuni Yakkasaroy tumani 5-son bolalar musiqa va san’at maktabida musiqa adabiyoti fanidan olimpiadaning shahar bosqichi bo‘lib o’tdi. Olimpiadada hudiduy saralash bosqichlarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar o‘zbek, rus, chet el musiqa adabiyoti bo‘yicha o‘z kuchlarini sinab ko‘rishdi. G‘oliblar Shahar Madaniyat boshqarmasi diplomlari bilan taqdirlandi.








