2024-yil 29-mart kuni Toshkent Davlat konservatoriyasida “Iqtidorli bolalar” xalqaro ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu tanlovda Toshkent shahar Sergeli tumani 21-BMSM fortepiano bo‘limining 6-sinf o‘quvchisi Kuramshinova Alyona ishtirok etib faxrli 2-o‘rinni egalladi. Pedagog Kuznecova Natalia Vitalyevna va uning iqtidorli o‘quvchisini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz.



