TOSHKENT SHAHAR SERGELI TUMANI BAHROM INOYATOB NOMLI 21-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Toshkent shahar, Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasi, So‘g‘diyona, 20-uy

Tel.:+998 71 258-48-87, +998 71 258-56-03

An’anaviy musiqa va cholg‘u san’ati haftaligi bo‘lib o‘tdi

Madaniyat vazirligi ta’lim muassasalari tizimida 1-6 aprel kunlari “An’anaviy musiqa va cholg‘u san’ati haftaligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Sergeli tumani 21-son Bolalar musiqa va san’at maktabi tomonidan qator tadbilar tashkil qilindi.

3-aprel kuni musiqa nazariyasi bo‘limi o‘qituvchisi G.S. Akberdiyeva musiqa adabiyoti fani bo‘yicha o‘quvchilarga “Maqomni kelib chiqish tarixi” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

4-aprel kuni an’anaviy ijrochilik bo‘limi o‘qituvchilari va Toshkent viloyati Qibray tumani 2-BMSM o‘qituvchilarining o‘zaro hamkorligidagi “An’anaviy cholg‘u ijrochiligi tarixi va uning shakllanishi” mavzisuda mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

5-aprel kuni Respublika musiqa va san’at kollejning "An’anaviy ijrochilik" yo‘nalishi o‘qituvchiliri Asimov Alisher va Fayziyeva Lobar ishtirokida ijodiy uchrashuv va mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.