Madaniyat vazirligi taʼlim muassasalari tizimida 15-20 aprel kunlari “Estrada xonandaligi fan haftaligi” deb eʼlon qilindi.
15-aprel kuni Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Sergeli tumani 21-son bolalar musiqa va san’at maktabi estrada xonandaligi sinfi o‘qituvchisi A. B. Soyning 3-sinf o‘quvchisi Saxarov Mark bilan ochiq dars o‘tkazildi.
16-aprel kuni K. Zokirov nomidagi O‘zbekiston Respublikasi estrada va sirk kolleji estrada vokal kafedrasi o‘qituvchilari Raxmatulla Prjanov va Kamola Bahramova tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi.
18-aprel kuni maktabning estrada xonandaligi va xoreografiya bo‘limlarining hisobot konsert o‘tkazildi.













