Joriy yilning 26-dekabr kuni maktabda “Yangi yil sarguzashtlari” teatrlashtirilgan konsert tadbiri bo‘lib o‘tdi. Konsert tadbirida maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha bo‘limlar o‘quvchilari ishtirok etishdi. Konsert yakunida maktab ma’muriyati o‘quv yili davomida ijodiy yutuqlarga erishgan o‘quvchilarni taqdirladi.








