O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 29-dekabrda qabul qilingan “Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuniga binoan mamlakatimizda 14 yanvarь – Vatan himoyachilari kuni milliy bayram sifatida katta tantana bilan nishonlash o‘ziga xos anʼanaga aylangan. Vatan himoyachilari kuni bayrami halqimizga katta quvonch va mamnuniyat baxsh etish bilan birga, mustaqillik va tinchlik degan bebaho boyligimizni asrash, ertangi kunga ishonch tuyg‘usi bilan yashashga undaydi. Mard va jasur Vatanimiz himoyachilari o‘z qasamyodiga sodiq qolib, o‘z xizmat burchini sharaf bilan ado etar ekan, ushbu yurt tinch va obod bo‘laveradi.
Joriy yilning 15-yanvar kuni maktabimizda ham ushbu bayram keng nishonlandi. Maktab foyesida tasviriy san’at yo‘nailshi o‘quvchilarining o‘zbek qurolli kuchlariga, Vatah himoyasida bag‘ishlangan rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Konsert zalida bo‘lib o‘tgan tadbirda barcha musiqa yo‘nalishi o‘quvchilari ishtirok etishdi. Vatanimizning mard o‘g‘lonlarini tarannum etuvchi kuy va qo‘shiqlar barchaga xush yoqdi.







